Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 25 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

«GM Uzbekistan»ga qilingan aholi murojaatlari soni 54 foizga kamaydi

«GM Uzbekistan»ga qilingan aholi murojaatlari soni 54 foizga kamaydi
  • 05.03.2019

Bugungi kunda GM Uzbekistan AJ aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, xaridorlarning muammolarini aniqlash hamda tezkor ko‘rib chiqilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘p tarmoqli samarali mexanizmlarni joriy etgan.

Xususan, kompaniyaning Fuqarolar qabulxonasi, Call-Markazi hamda “Ishonch telefonlari”, virtual qabulxonalar tashkil etilgan bo‘lib, ular orqali doimiy ravishda fuqarolarning murojaatlari qabul qilinadi.

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan har bir murojaatni puxta o‘rganib, tezkor hal etish uchun kompaniyaning eng malakali mutaxassislari jalb etilgan.

Aytish joizki, GM Uzbekistan 2019 yilning yanvar-fevral oylarida fuqarolardan 680 ta  murojaat qabul qilgan, bu esa o‘tgan yilning ushbu davridan 54 foizga kam ekanligini ko‘rsatmoqda. 

Jumladan hisobot davrida qabul qilingan murojaatlar tahlili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar soni — 75%, Kompaniya virtual qabulxonasiga — 20%, Fuqarolar qabulxonasi orqali 53%, yuridik va jismoniy shaxslarning yozma murojaatlari — 61% ga kamayganligini ko‘rsatmoqda.

Kompaniya mijozlar va xaridorlar bilan ishlashda ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda mahsulotlar sifatini takomillashtirishda davom etadi.

Biz doim muloqotga tayyormiz!