Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

Korxona haqida

“Uz Dong Ju Paint Ko” MCHJ Shaklidagi qo'shma korhonasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 30 may kungi 191-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. 1999 yil 3 aprel' kuni korhona ishga tushurilgan. Korhonaning mulkchilik shakli mas'uliyati cheklangan Jamiyatdir. Korhona ta'sischilari “Uzavtosanoat” aktsiyadorlik kompaniyasi, “KION INTERNATIONAL INCORPARATION” – Janubiy Koreya Respublikasi kompaniyasidir.

Korhonada O'zbekiston ellik foiz, “KION INTERNATIONAL INCORPARATION” – Janubiy Koreya Respublikasi ellik foiz ulushga egadir. Ustav fondi miqdori 20312.33 ming aqsh dollarini tashkil etadi.

Korhona rahbari Bosh direktor hisoblanib Azimov Ulug'bek Ikromovich. “Uz Dong Ju Peint Ko” qo'shma korhonaning yuridik manzili va joylashgan hududi O'zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Andijon shahri, Harkop mahallasi, 1-tor, Ayrilish ko'chasi 4-uy.

Korhona asosan avto va qurilish lok bo'yoq mahsulotlari hamda rezina butlovchi qismlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Korhonaning hizmat ko'rsatish banki “Asaka bank” Farhod filyalidir. Korhonaning umumiy er maydoni 4,84 ga, ishlab chiqarishga ihtisoslashgan maydoni 1,11 ga, ma'muriy binolar maydoni esa 0,932 omborhona, yer to'la, tekhnik honalar, umumiy ovqatlanish uchun honalarga ajratilgan er maydoni 2,798 gektarni tashkil qiladi.

Korhonada dastlab 136 nafar hodimlar bilan ish boshlagan bo'lsa 2018 yilga kelib ular soni 574 nafarga etdi.

Korhonaning yilik quvvati lok bo'yoq ishlab chiqarish – 11500 tonna, rezina jipslovchi qismlar ishlab chiqarish – 230 ming dona avto jamlanma, sport inventarlari ishlab chiqarish (krossovka) -254 ming juft.

Korhona o'z mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qirg'iziston, Turkmaniston, Qozog'iston Respublikalariga eksport qiladi. Korhonaga asosan hom ashyo etkazib beruvchi bu “KION INTERNATIONAL INCORPARATION” – Janubiy Kareya Respublikasi kompaniyasidir. Korhonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar asosiy haridori “General Motors-Uzbekiston” YOAJ, “Uz Koram Ko” QK, “Uz SeMyung Ko” QK, “Uz Keyk Mash” QK, “Samavto” QK, “Evroziya TAPO Disk” QK va boshqalardir.

Korhonamizda Andijon shahar IIB YOHB 1-HYO 3 –sonli kasbiylashgan Yong'in havfsizligi qismi hamda idoraviy qo'riqlash tizimi mavjud.