Kompaniya o‘z mahsulotlarini Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Ukraina va boshqa davlatlarga eksport qiladi. Shu maqsadda 2003-yildan boshlab kompaniyada Menejment tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda kompaniyaning Menejment tizimi quyidagi xalqaro standartlarga muvofiqligi bo‘yicha sertifikatlangan: ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001, ISO 50001.
“Uz-DongJu Paint Co.” QK Menejment tizimi quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ishlab chiqishga tatbiq etilgan:
- qurilish va sanoat bo‘yoqlari
- avtomobil lak-bo‘yoq materiallari
- germetiklar
- bo‘yash uchun yuzalarni tayyorlash vositalari
- qadoqlash idishlari (temir bankalar, po‘lat bochkalar)
Menejment tizimi kompaniyaning barcha faoliyat turlari bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lib, mahsulotning hayotiy tsiklining barcha bosqichlariga hamda barcha belgilangan jarayonlarga taalluqlidir — bozordagi ehtiyojlarni dastlabki aniqlashdan tortib, mavjud va kutilayotgan iste’molchi talablari to‘liq qondirilguniga qadar.
Tizim kompaniya tuzilmasi, jarayonlari va hujjatlarini qamrab oladi; u ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash, kompaniya faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish, xavflarni pasaytirish hamda xodimlar salomatligini saqlashga qaratilgan.
Tizim Sifat, Ekologiya, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonunchilik talablariga, shuningdek Kompaniya Siyosatiga muvofiq keladi.