Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

GM Uzbekistan va «O'zagrosug'urta» hamkorligidagi aksiyaning ilk haftasida 400 dan ortiq avtomobil sotildi

GM Uzbekistan va «O'zagrosug'urta» hamkorligidagi aksiyaning ilk haftasida 400 dan ortiq avtomobil sotildi
  • 21.02.2019

14 fevral kuni GM Uzbekistan AJ "O'zagrosug'urta" bilan hamkorlikda Malibu va Tracker avtomobillarini xarid qilish istagida bo'lgan mijozlarga ushbu avtomobillarni muddatli to‘lov orqali sotib olish bo‘yicha yangi xizmatni taklif qilgandi.

Mijozlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida joriy etilgan mazkur aksiyaning ilk haftasida 400 dan ortiq Malibu (172) va Tracker (287) avtomobillari sotildi.

Yangi xizmat shartlariga ko‘ra, xaridor Lacetti avtomobilining puliga (128 mln so‘m) Chevrolet Tracker, Tracker avtomobili puliga esa (215 mln so‘m) Malibu avtomobilini xarid qilishi mumkin. Avtomobilning qolgan summasi esa 12 oy davomida foizsiz bo‘lib to‘lanadi.

Shartnoma tuzilgan vaqtda "O'zagrosug'urta" mutaxassislari o‘sha joyning o‘zida muddatli to‘lovga berilayotgan summaning 3% miqdorida moliyaviy xatardan, shuningdek muddatli to‘lov summasining garov qiymatidan 1% miqdorda sug‘urta polisini rasmiylashtiradi hamda avtomobil uchun to‘liq to‘lov amalga oshirilmaguniga qadar dilerda garovda bo‘ladi. Oylik to‘lovlar shartnoma tuzilgan sanadan keyingi oyning har 15 sanasigacha amalga oshirilishi lozim.

Shoshiling, aksiya 1 martga qadar amal qiladi. Aksiya bo‘yicha ajratilgan avtomobillar soni chegaralangan.

Biz bilan ekanligingizdan mamnunmiz!