Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

«NURAFSHON AVTOCENTR» dan bahoriy aksiya

«NURAFSHON AVTOCENTR» dan bahoriy aksiya
  • 13.03.2019

“O‘zavtosanoat” AJ ma’lum qiladi: “NURAFSHON AVTOCENTR”ning har bir xaridori uchun 5 martdan 25 martgacha qadar Navro‘z bahor bayramiga bag‘ishlangan maxsus aksiya o‘tkaziladi.

NURAFSHON AVTOCENTR multibrend avtosalonida avtomobil sotib olgan har bir mijoz KORZINKA.UZ va REDTAG savdo tarmoqlarida xaridni amalga oshirish uchun 300 000 so‘mdan 1 000 000 so‘mgacha bo‘lgan sovg‘a kartasini qo‘lga kiritadi.

Sovg‘a kartalari avtomobillar modellari bo‘yicha quyidagi tartibda taqsimlanadi:

  • SPARK, NEXIA-3 - 300 000 so‘mlik sovg‘a kartasi
  • COBALT, LACETTI - 400 000 so‘mlik sovg‘a kartasi
  • TRACKER, MALIBU-2 - 1 000 000 so‘mlik sovg‘a kartasi.

Aksiyada faqat jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin. Sovg‘a kartalari 2019 yil 31 dekabrga qadar amalda bo‘ladi.

Tel: (71) 203-30-20

Sayt: https://nuravto.uz/