Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

«O'zavtosanoat» AJ da «2019 yilda tarmoq korxonalarini soliqqa tortishning asosiy masalalari» seminari o'tkazildi

«O'zavtosanoat» AJ da «2019 yilda tarmoq korxonalarini soliqqa tortishning asosiy masalalari» seminari o'tkazildi
  • 23.01.2019

18 yanvarda “O‘zavtosanoat” AJ binosida O‘zbekistondagi “KPMG” xalqaro kompaniyasi ko‘magida 2019 yilda tarmoq korxonalarining soliqqa tortilishi masalalariga bag‘ishlangan yirik seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda “O‘zavtosanoat” AJ moliyaviy xizmatlari va idoraosti korxonalarining 150 dan ziyod ishchilari  hamda “KPMG” kompaniyasi vakillari qatnashdilar.

Seminarda O‘zbekiston soliq qonunchiligida 2019 yil 1 yanvardan kuchga kirgan qator yangiliklar va o‘zgartishlarning to‘liq sharhi taqdim etildi. «KPMG» kompaniyasi vakili 2019 yilda «O‘zavtosanoat» AJ korxonalarini soliqqa tortishning asosiy jihatlari haqida batafsil so‘zlab berdi. Ushbu mavzularning barchasi auditoriyada ko‘plab qo‘shimcha savollar yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi, bu savollarga “KPMG” kompaniyasi mutaxassislari aniq javoblar berdilar.

Seminar doirasida ekspert-mutaxassislar ulashgan tajriba va tavsiyalar ishtirokchilar uchun juda foydali bo‘lgani va kelgusida bu kabi seminarlar muntazam asosda o‘tkazilishi qayd etildi.

KPMG — dunyodagi professional xizmatlar ko‘rsatuvchi eng yirik tarmoqlardan biri bo‘lib, Deloitte, Ernst & Young va PwC qatorida auditorlik kompaniyalarining “katta to‘rttaligi”ga kiradi. Xalqaro bosh qarorgohi Amstelven (Niderlandiya)da joylashgan. Kompaniya uch turdagi xizmatlarni ko‘rsatadi: auditorlik, soliq va konsultatsiya xizmatlari. 2017 yilda kompaniya Toshkent shahrida o‘z vakolatxonasini ochgan.

 

 

 

 

Манба: www.uzavtosanoat.uz