"O'zavtosanoat" AJ va Xalq ta’limi vazirligi vakillari o‘qituvchilarga Ustozlar va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan aksiya doirasida olingan avtomobillar kalitlarini topshirdilar.
Imtiyozli shartlarda avtomobillarni haqini bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilish bo‘yicha bayram aksiyasi doirasida 10323 dona avtomobil sotib olishga shartnoma tuzildi. Bugun avtomobillar ilk xaridorlariga taqdim etildi.
Topshirish marosimida Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari Temurjon Komilov ham “O‘zavtosanoat” va UzAuto Motors vakillariga O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligining “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishonlarini topshirdi.