Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

Poytaxt o‘quvchilari, OTM talabalari Toshkent shahridagi politexnika muzeyida o‘tadigan robotlar ko‘rgazmasida o‘z kashfiyotlarini taqdim etadilar

Poytaxt o‘quvchilari, OTM talabalari Toshkent shahridagi politexnika muzeyida o‘tadigan robotlar ko‘rgazmasida o‘z kashfiyotlarini taqdim etadilar
  • 21.02.2019

22 fevralda Toshkent shahridagi Politexnika muzeyida “Robotlar-androidlar–2019” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Unda o‘quvchilar va universitetlar talabalari yaratgan robotlar namoyish etiladi. Tashrif buyuruvchilarga jami 30 taga yaqin eksponatlar havola etiladi.

 

Ushbu tadbir muzeyda har yili o‘tkaziladi. Ko‘rgazma doirasida yosh ixtirochilar o‘tgan yil davomida yasaganlarini namoyish etish imkoniga ega bo‘ladilar.

 

Ko‘rgazma mehmonlarini o‘z robotlari bilan o‘quvchilar, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent sh.dagi Turin politexnika universiteti talabalari, shuningdek Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi “Barkamol avlod” respublika bolalar markazi vakillari bo‘lmish yosh ixtirochilar tanishtiradilar.