Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

Turin politexnika universiteti talabalari abiturientlar uchun hujjat topshirishni osonlashtiruvchi dastur ishlab chiqdilar

Turin politexnika universiteti talabalari abiturientlar uchun hujjat topshirishni osonlashtiruvchi dastur ishlab chiqdilar
  • 26.02.2019

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari va Texnopark muhandislari abiturientlar uchun hujjatlarni topshirishni osonlashtiruvchi dastur yaratdilar.

Dasturchilarning asosiy maqsadi – abiturientlarning oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirishga sarflaydigan vaqtlarini minimallashtirish imkonini beruvchi veb-sayt yaratishdir. Endi bularning barini “onlayn” rejimida amalga oshirish mumkin. Dastur mamlakatdagi istalgan OTMga hujjatlar yuborish uchun hisob yozuvini ochish, imtihonlar natijalarini bilish imkonini beradi, butun dunyodagi grantlar, stipendiyalar va yozgi maktablar haqida ma’lumotlar taqdim etadi.

Dasturiy ta’minot mualliflari – Aloviddin Isomitdinov (Mechanical engineering yo‘nalishi, 3- kurs talabasi) va Nurlan Joldiboev (Information technology yo‘nalishi, 3- kurs talabasi) maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Ushbu loyihani 2019 yil oxirlarida ishga tushirish rejalatirilgan.