Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 25 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

«O'zavtosanoat» AJning avtomobilsozlikni rivojlantirish strategiyasi

«O'zavtosanoat» AJning avtomobilsozlikni rivojlantirish strategiyasi
  • 07.06.2019

7 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zavtosanoat» AJ vakillari ishtrokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifing davomida respublikamiz iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblangan va tutash tarmoqlar, alohida hududlar va mamlakatimiz rivojlanishiga muhim ta’sir o‘tkazuvchi avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish strategiyasi  taqdimoti o‘tkazildi.

Avtomobillarga bo‘lgan talab metallurgiya, kimyo, elektrotexnika va boshqa sohalarning yuqori texnologiyali mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqaradi va mehnatga layoqatli aholi sonidan 200 ming nafardan ortiq kishini ish bilan ta’minlaydi. «O‘zavtosanoat» AJda 40 dan ortiq yirik va kichik korxona va tashkilotlar birlashgan bo‘lib, unda 27 mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan.

Bugungi kunda yengil avtomobillar ishlab chiqarishning yillik quvvati 300 ming donani, yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 mingtani tashkil etadi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar 2030 yilga kelib yengil avtomobillarning ichki bozorini 300 mingdan  450-460 ming donagacha ortishiga, avtobuslar sotuvi hajmining 1 mingdan 2 ming donagacha ortishiga imkon beradi.

Shu munosabat bilan, «O‘zavtosanoat» AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi avtomobilsozlik sanoatining quyidagi maqsad, vazifa va yo‘nalishlarni o‘z ichiga oluvchi, 2030 yilgacha yanada rivojlantirishning yangi konsepsiyasini samarali amalga oshirishni nazarda tutuvchi  mutlaqo yangi model ishlab chiqildi:

Avtomobilsozlik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha «O‘zavtosanoat» AJning asosiy yo‘nalishlar:

  • Avtomobil sanoati korxonalari faoliyatini ichki va tashqi bozorlarda takomillashtirish;
  • Avtotransport vositalarining raqobatbardoshligini oshirish;
  • Injiniringni rivojlantirish va ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish;
  • Kadrlar siyosatini takomillashtirish;
  • «O‘zavtosanoat» AJ va tarmoq korxonalarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish;
  • Ishlab chiqarishda axborot texnologiyalarini rivojlantirish va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish;
  • Mahalliy avtomobilsozlik sanoatining jahon avtomobil sanoatiga integratsiyalashuvi uchun tashqi iqtisodiy shart-sharoitlar.