Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

«Uz-DongJu Paint Co» MChJ QK: lok-bo‘yoq materiallari bozoridagi 20 yillik tajriba

«Uz-DongJu Paint Co» MChJ QK: lok-bo‘yoq materiallari bozoridagi 20 yillik tajriba
  • 09.04.2019

20 yil oldin, 1999 yil aprelida «Uz-DongJu Paint Co» korxonasining rasmiy ochilishi bo‘lgandi. Qo‘shma korxona Janubiy Koreyaning “DongJu Industrial Co., Ltd.” kompaniyasi va O‘zbekiston tomonidan “O‘zavtosanoat” AJ o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq tashkil etilgandi. Ishlab chiqarishni tashkil etishda ko‘zlangan maqsad – bu O‘zbekiston avtomobil sanoatini lok-bo‘yoq materiallari va yuzani tayyorlash vositalari bilan ta’minlash va O‘zbekiston bozorini qurilish-sanoat lok-bo‘yoq materiallari bilan ta’minlashdir.

Bugungi kunda korxona assortimentida lok-bo‘yoq materiallarining barcha turlari – qurilish va ta’mirlash uchun 80 xildan ortiq mahsulot, shuningdek maxsus maqsadli mahsulotlar mavjud bo‘lib, ular turli sharoitlarda foydalanish uchun sifat va barqarorlik bo‘yicha barcha talablarga javob beradi. 20 yil davomida kompaniya tomonidan 130 000 tonna avtomobil va qurilish bo‘yog‘i ishlab chiqarildi.

«Uz-DongJu Paint Co» QK “GM-Uzbekistan” AJ uchun avtomobil lok-bo‘yoq mahsulotlari: germetiklar, boshlang‘ich qayta ishlash uchun materiallar, gruntovkalar, avtomobil emallari va loklarning rasmiy yetkazib beruvchi sanaladi. Sifatli xom ashyodan foydalanish, ishlab chiqarishning koreys texnologiyasi va xodimlarning professionalizmi kompaniyaga sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.

Bundan tashqari, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash maqsadida 2016 yilda kompaniya tomonidan bolalar va kattalar uchun sport poyabzali ishlab chiqarishi o‘zlashtirildi.

2018 yil iyunda kataforez tuproq ishlab chiqarish sexi ish boshladi, uni qayta ishlash sanoat ishlab chiqarishida murakkab kimyoviy jarayon sanaladi va po‘lat konstruksiyalarni korroziyadan himoyalashni ta’minlaydi. Bu yuqori samarali jarayon bo‘lib, yo‘qotishlarni minimallashtirish tufayli sarflanuvchi materiallarni tejash imkonini beradi, hatto noorginal detallarning ham xizmat muddatini sezilarli uzaytiradi.

Korxonaning ishonchli sherik sifatidagi obro‘sini “GM Uzbekistan” AJ, “MAN-Auto Uzbekistan” QK,  “SamAuto” MChJ, “UzAuto Trailer” MChJ, “«Chirchiq Aviatsiya Ta’mirlash Zavodi»” DK, “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ, Hundai Engineering and Construction, Wooju Construction, Enter Engineering Ltd va boshqalar kabi kompaniyalar bilan uzoq muddatli va samarali hamkorligi tasdiqlaydi.

Ichki bozordan tashqari, kompaniya mahsuloti bugungi kunda Rossiya, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ukraina, Janubiy Koreya, Tojikistonga eksport qilinmoqda.

«Uz-DongJu Paint Co» QK 20 yilligi munosabati bilan korxonada “Korxona – bizning g‘ururimiz!” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etilgan.

 

 

 

Tadbirda korxonada uzoq yil davomida ishlagan xodimlarga, zavod rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan ishchilarga alohida e’tibor berildi – har biriga minnatdorlik va qimmatli sovg‘a taqim etildi.

“O‘zavtosanoat” AJ ham tabriklarga qo‘shiladi va «Uz-DongJu Paint Co»ning butun jamoasiga ravnaq, yangi cho‘qqilar va yuksak yutuqlar tilaydi.

 

 

 

 

 

Biz bilan bo'ling!