«JV MAN Auto-Uzbekistan» MChJ QKda ishlab chiqarilgan, siqilgan gazda yuradigan past polli 30 ta shahar avtobusi «Toshshahartransxizmat» AJga topshirildi.
«JV MAN Auto-Uzbekistan» MChJ QKda ishlab chiqarilgan siqilgan gazda yuradigan past polli shahar avtobusi MAN shassisi asosida tayyorlangan. Ular yengil avlyumindan ishlangan keng gabaritli kuzovga ega, o‘rindiqlarning joylashuvi esa 90 nafar yo‘lovchini tashish uchun yetarli makonni yaratadi.
Bundan tashqari, MAN A22 CNG avtobuslari salonni konditsionerlash, pnevmatik tizim, shuningdek harakatlanish barqarorligini ta’minlovchi elektron tizim bilan jihozlangan. Shuningdek, bu transport vositasi imkoniyatlari cheklangan odamlarni tashishga to‘liq moslashtirilgan.
Yangi avtobuslar shahar yo‘nalishlarida yo‘lovchilar oqimining zichligiga, shuningdek aholining ehtiyojlariga qarab taqsimlanadi. Shu tariqa, yo‘lovchi transport harakati optimallashtiriladi.
Qayd etish joizki, 2018 yil 6 dekabrda “Toshshahartransxizmat” AJga «JV MAN Auto-Uzbekistan» MChJ QKda ishlab chiqarilgan 30 ta siqilgan gazda yuradigan past polli shahar avtobuslarning navbatdagi partiyasi taqdim etilgandi.
Shuningdek, yil oxiriga qadar «JV MAN Auto-Uzbekistan» MChJ QK 25 ta shaharlararo avtobuslarni yuborishni rejalashtirgan. Yangi turistik avtobuslar yo‘lovchilarga maksimum qulayliklar, yuqori xavfsizlik va namunaviy ekologik tozalikni taklif etadi.