Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

Tamagirlikka yo'l qo'yilmaydi: “GM Uzbekistan” avtomobillarni “Uzavtosavdo” orqali xarid qiling!

Tamagirlikka yo'l qo'yilmaydi: “GM Uzbekistan” avtomobillarni “Uzavtosavdo” orqali xarid qiling!
  • 18.06.2019

Hurmatli xaridorlar!

Agarda Siz avtomobil xaridi jarayonida tovlamachilik va boshqa korrupsion harakatlarga, xususan u yoki bu modeldagi avtomobil uchun shartnomaning yo'qligi, yetkazib berilish muddatining uzoqligi kabi vajlar bilan avtomobillar xarid qilish chog'ida qo'shimcha pul mablag'larini talab qilish holatlariga duch kelsangiz "GM Uzbekistan" komaniyasining ishonch telefonlari 78 141-77-77 yohud O'zbekiston Bosh prokuraturasining 10-07 qisqa raqamlariga murojaat qilishingizni so'rab qolamiz.

Kompaniya bu kabi salbiy holatlarning oldini olish, avtomobillar savdosida shaffoflikni ta'minlash maqsadida “UzAvtosavdo” mobil ilovasini ishga tushirgan.Mazkur ilova orqali xaridorga navbat raqami va dilerdagi avtomobillar soni haqida ma'lumotlar beriladi. Agar unga zarur bo'lgan avtomashina dilerda yo'q bo'lsa, buyurtma to'g'ridan-to'g'ri avtomobil zavodiga yuboriladi. “Uzavtosavdo” ilovasi xaridorga barcha jarayonlarni boshidanoq nazorat qilish, o'z navbati va avtomobilni olish sanasini bilib borish imkonini yaratmoqda.

OGOH BO'LING! Yuqorida qayd etilgan korrupsion holatlar haqida bizni xabardor qilsangiz hamda sizning murojaatingiz o'z tasdig'ini topsa, siz nafaqat muammoni bartaraf etasiz, balki kompaniya tomonidan moddiy rag'batlantirilasiz. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Faqatgina korrupsion va ta'magirlik holatlari bo'yicha +998 90 799 1991 raqamiga murojaat qiling.

Yoqimli xarid va a’lo kayfiyat tilaymiz!