Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

Samarqand avtomobil zavodi UzSecureExpo 2019 da o‘z modellarini namoyish etdi

Samarqand avtomobil zavodi UzSecureExpo 2019 da o‘z modellarini namoyish etdi
  • 29.03.2019

Toshkentda “UzSecureExpo 2019 – Xavfsizlik texnologiyalari. Yong‘inga qarshi himoya. Mehnat muhofazasi” 9- xalqaro ko‘rgazmasi o‘tmoqda.

Ko‘rgazmada Samarqand avtomobil zavodi “Rosenbauer” kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘zining o‘t o‘chirish mashinalari modellarini namoyish etdi. 

Qayd etish joizki, Samarqand avtomobil zavodi o‘t o‘chirish mashinalarini 2010 yildan buyon ishlab chiqaradi. Hozirda o‘t o‘chirish mashinalari uchun ustqurma yetkazib beruvchi sherik Avstriyaning “Rosenbauer” kompaniyasidir, u o‘t o‘chirish avtomobillari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi uchta yetakchi kompaniyaning biri sanaladi.