Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 25 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

«GM Uzbekistan» Navro'z bayrami munosabati bilan malibu va tracker avtomobillariga chegirma taqdim etadi

«GM Uzbekistan» Navro'z bayrami munosabati bilan malibu va tracker avtomobillariga chegirma taqdim etadi
  • 18.03.2019

GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan Navro‘z umumxalq bayrami bilan muborakbod etadi hamda Malibu va Tracker avtomobillarini xarid qilish istagida bo‘lgan mijozlarga 3% bayram chegirmasini e’lon qiladi.

Aksiya joriy yilning 19 martidan e’tiboran kompaniyaning rasmiy dilerlaridan 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshirgan holda ushbu avtomobillarni xarid qilish istagida bo‘lgan mijozlarga taqdim etiladi. Aksiya joriy yilning 31 martiga qadar amal qiladi.

Bundan tashqari bugungi kunda kompaniya foizsiz muddatli to‘lovga ham ushbu modeldagi avtomobillarni xarid qilishni taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, xaridor 215 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Malibu Turbo, 190 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Malibu, hamda 128 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Chevrolet Tracker xarid qilib, avtomobilning qolgan summasini 2 yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniga ega bo‘ladi. Avtomobilni muddatli to‘lovga xarid qilgan mijozlarga 3 foizli chegirma amal qilmaydi.

GM Uzbekistan kelgusida ham yangi aksiya va xizmat turlarini taklif etgan holda mijozlarga avtomobil xaridi jarayonida qulayliklar yaratishda davom etadi.

Barchangizga yoqimli xarid va bayramona kayfiyat tilaymiz!