Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

GM Uzbekistan'dan kutilmagan yangilik!

GM Uzbekistan'dan kutilmagan yangilik!
  • 06.06.2019

Tracker'ni 16 million chegirma bilan foizsiz 2 yil muddatli to'lovga, Lacetti-3 poz. avtomobilini 1 yil muddatli to'lovga xarid qiling!

GM Uzbekistan kompaniyasi barchani qutlug' Ramazon hayiti bilan muborakbod etgan holda Tracker Premier AT avtomobilini 16 million so'm chegirma bilan 2 yil foizsiz muddatli to'lovga olishni taklif qiladi.

Buning uchun xaridor 128 mln so'm dastlabki to'lovni amalga oshirib, qolgan summani 2 yil davomida foizsiz bo'lib to'lashi mumkin bo'ladi.

Bundan tashqari, xaridorlardan kelib tushgan ko'plab takliflarni inobatga olgan holda kompaniya muddatli to'lovga xarid qilish mumkin bo'lgan avtomobillar sonini yana bittaga ko'paytirdi.

Endilikda Chevrolet Lacetti avtomobilining 3-pozitsiyasini ham bir yilga foizsiz muddatli to'lovga xarid qilish mumkin.

Buning uchun xaridor avtomobilning 100 mln so'm dastlabki to'lovini amalga oshirib, qolgan 28 million so'mini bir yil davomida foizsiz bo'lib to'laydi.

Aytish joizki, avtomobilni 1 yil foizsiz muddatli to'lovga xarid qilayotgan xaridor avtomobilning moliyaviy xatardan 2% miqdorda, muddatli to'lov summasining 1% miqdorda sug'urta badalini to'laydi. Avtomobilni 2 yil muddatli xarid qilayotgan xaridor esa moliyaviy xatardan 3%, muddatli to'lov summasidan 2% sug'urta badalini to'laydi.

Mazkur sug'urta badallari mavjud qarz miqdori hamda avtomobilni baxtsiz hodislardan sug'urtalashga xizmat qiladi.

Lacetti avtomobilini 10 iyunga, Tracker Premier AT avtomobilini esa 12 iyunga qadar ushbu shartlarda muddatli to'lovga xarid qilishingiz mumkin. Shoshiling avtomobillar soni chegaralangan!

Xaridingiz yoqimli bo'lsin!