Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

“Samarqand avtomobil zavodi” MChJ dilerlar yig‘ilishini o‘tkazdi

“Samarqand avtomobil zavodi” MChJ dilerlar yig‘ilishini o‘tkazdi
  • 11.02.2019

Toshkent viloyatidagi “Highway Logistics” logistika markazi hududida “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ dilerlarining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ushbu yig‘ilish doirasida ishtirokchilar joriy yil rejalarini muhokama qildilar. Shuningdek, 2018 yilda o‘tkazilgan mahsulotni ilgarilatish bo‘yicha tadbirlarga yakun yasaldi hamda joriy yil uchun yangi tadbirlar rejalashtirildi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda ichki bozorda sotuvlar tarmog‘ini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, jumladan dilerlik korxonalari personali: avtomexaniklar, sotuv bo‘limlari xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha rejalar belgilab olindi, bu esa, xaridorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish imkonini beradi.