Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

«Nurafshon Avtocentr» Toshkentda o‘z filialini ochdi

«Nurafshon Avtocentr» Toshkentda o‘z filialini ochdi
  • 27.03.2019

Mijozlarga qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, multibrendli «Nurafshon Avtocentr» avtosaloni Toshkent shahrida savdo shaxobchasini ochdi. Endi har bir xaridor mahalliy avtosanoat korxonalari – «GM Uzbekistan», «SamAvto», «JV MAN Auto – Uzbekistan» va «UzAuto»ning sotuvda mavjud mahsulotlarini xarid qilish uchun shartnoma rasmiylashtirishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistondagi ilk multibrendli avtosalon Nurafshon shahrida 2018 yil 20 dekabrda ochilgandi.

Yaqin kelajakda, xaridorlar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, avtosalonda yengil avtomobillarni lizing va kreditga olish imkoni yaratiladi. Shuningdek, avtomobillar xaridorlariga qo'shimcha chegirma dasturlari va sadoqatlilik dasturlari taqdim etiladi.

Biz bilan birga bo'ling!