Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

Yangi yil oilaviy aksiyasi «KAMAZ» xarid qilib, rafiqangiz uchun sovg‘aga «COBALT» yutib oling

Yangi yil oilaviy aksiyasi «KAMAZ» xarid qilib, rafiqangiz uchun sovg‘aga «COBALT» yutib oling
  • 21.12.2018

«O‘zavtosanoat» AJ barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan yangi – 2019 yil bilan tabriklaydi va Nurafshon shahrida yangi multibrend avtosaloni ochilishi munosabati bilan Yangi yilda barcha xaridorlarga MAXSUS OILAVIY YANGI YIL AKSIYASINI taqdim etishini ma’lum qiladi!

Aksiya shartlariga ko‘ra, Yangi yildan boshlab, eng yangi KAMAZ 5490 “Neo” shatakchisini xarid qilib, siz sovg‘aga “COBALT” avtomobiliga ega bo‘lasiz!

Aksiyaga ajratilgan shatakchilar soni 50 ta. Aksiya 2019 yil 1 yanvardan 21 martga qadar davom etadi.

KAMAZ 5490 “Neo” shatakchisi «Mersedes-Bens» agregatlaridan foydalangan holda «Mersedes-Bens» kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilgan.

Ta’kidlab o‘tamiz, «O‘zavtotreyler» MChJ kompaniyasining tirkama texnikasini xarid qilishni istovchilar uchun yana bir taklif bor, unga ko‘ra, xaridor mazkur kompaniya ishlab chiqargan yarimtirkamalarga COBALT avtomobili qiymatiga teng miqdordagi chegirmani tanlashi mumkin.

Kompaniya Sizga butun oilangizni xursand qiladigan yoqimli xaridlarni tilab qoladi.

BAYRAMONA KAYFIYAT YOR BO‘LSIN!