Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

GM Uzbekistan uch millioninchi avtomobil sohibini qutladi

GM Uzbekistan uch millioninchi avtomobil sohibini qutladi
  • 25.12.2018

      "O'zavtosanoat" AJ xabar berishicha, 24 dekabr kuni «LUX AUTO MOTORS» avtosalonida «GM Uzbekistan» AJda ishlab chiqarilgan uch millionchi avtomobil egasiga topshirildi. Yubiley avtomobilining baxtli sohibi korxona direktori Shamsiddinxo‘ja Tillaxo‘jaev shaxsida «RENT LIGHT» MChJ bo‘ldi, u Nexia-3 avtomobilini xarid qildi.

Avtosalonga kiraverishda baxtli xaridor chiroyli yasatilgan avtomobil, qarsaklar va «GM Uzbekistan» hamda «LUX AUTO MOTORS» vakillaridan sovg‘alar bayramona kutib olindi.

Tantanali suratda xaridor maxsus bayram sertifikati va sovg‘alar bilan taqdirlandi, ular orasida «LUX AUTO MOTORS» avtosalonidan plazmali televizor ham bor edi.

Eslatib o‘tamiz, 2008 yilda GM Uzbekistan konveyeridan chiqqan millionchi avtomobil ham, 2013 yilda ikki millionchi avtomobil ham Chevrolet Lacetti bo‘lgandi.

Kompaniya o‘z xizmatlarini takomillashtirishga qaratilgan ishlarni davom ettiradi!