Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

«GM Uzbekistan» yangi PLUS opsiyalar paketini taqdim etadi

«GM Uzbekistan» yangi PLUS opsiyalar paketini taqdim etadi
  • 12.03.2019

GM Uzbekistan xaridorlarga qulaylik yaratish va mijozlarning ishonchini oshirish maqsadida zamonaviy xizmatlar joriy etish ustida doimo faoliyat olib boradi. Shunday qilib kompaniya xaridorlarga qo‘shimcha qurilma va opsiyalar tanlash imkoni bo‘lgan yangi Plus paketini taqdim etadi.

GM Uzbekistan kompaniyasi 2019 yilning mart oyidan yangi opsiyali avtomobillarni ishlab chiqarishni sinov tariqasida yo‘lga qo‘ydi. Xaridorlar yangi opsiyali avtomobillar uchun joriy yilning 15 mart kunidan e’tiboran rasmiy dilerlar orqali shartnoma tuzishlari mumkin bo‘ladi. Mart oyida shartnoma tuzgan xaridorlarning yangi opsiyali ilk avtomobillari 2019 yilning iyun oyida yetkazib beriladi.

Yangi avtomobil opsiyalari modifikatsiyasiga qarab quyidagi opsiyalarni o‘z ichiga oladi:

  • O‘rindiq va old oynalarni isitish;
  • Rulning charm qoplamasi;
  • Qo‘shimcha shovqin izolyatsiyasi;
  • Radiatorning xrom bilan qoplangan panjarasi;
  • Masofada boshqariladigan orqa ko‘rinish oynasi;
  • Elektron turg‘unlik tizimi;
  • Shina bosimi monitoringi tizimi va boshqalar.

Dastlabki bosqichda qo‘shimcha opsiyalar bilan Spark, Nexia va Lacetti avtomobillari jihozlanadi, keyinchalik esa ushbu ro‘yxat Cobalt modeli bilan to‘ldiriladi.

2019 yilda yangilangan qo‘shimcha opsiyalar ro‘yxati hamda ular bilan jihozlanadigan avtomobillar soni ortib boradi.

Batafsil ma’lumotlarni kompaniyaning rasmiy sayti va dilerlaridan olish mumkin bo‘ladi.

Biz bilan qoling!