Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 25 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

«GM Uzbekistan» Qozog'istonga avtomobillarning ilk partiyasini eksport qildi

«GM Uzbekistan» Qozog'istonga avtomobillarning ilk partiyasini eksport qildi
  • 17.03.2019

Mamlakat iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’atlarini saqlab qolishning eng muhim omillaridan biri bu eksport salohiyatini yuksaltirish va milliy mahsulotlarning tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish sanaladi. Shularni inobatga olgan holda GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati 2019 yilni faoliyatida eksport salohiyatini oshirish yili deb e’lon qilgan.

Shu munosabat bilan bugungi kunda kompaniyada ushbu sohadagi faoliyatni jadallashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

16 mart kuni GM Uzbekistan avtomobillarning dastlabki partiyasini Qozog‘istonga eksport qildi. Kompaniya Qozog‘istonning Kostanay shaxridagi “SariarkaAvtoProm” zavodiga Nexia R3 avtomobillarini yirik uzelli yig‘ish uchun SKD holida hamda “Ravon Motors Qozog‘iston”ga R4 modelidagi avtomobillarini tayyor holida eksport qiladi.

Bundan tashqari joriy yil boshidan buyon kompaniya tomonidan Afg‘oniston va Tojikiston respublikalariga avtomobillar eksporti amalga oshirildi.

Yangiliklarimizni kuzatib boring!