Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

Dilerlik markazlari GM UZBEKISTAN’ning yangi yil aksiyasiga qo‘shilmoqda

Dilerlik markazlari GM UZBEKISTAN’ning yangi yil aksiyasiga qo‘shilmoqda
  • 20.12.2018

“GM UZBEKISTAN” AJ barchani Yangi 2019 yil bilan tabriklaydi hamda o‘tkazilayotgan Yangi yil aksiyalariga qo‘shimcha bonuslar haqida e’lon qiladi!

21 dan 26 dekabrga qadar, respublikamizning BIRChA DILERLIK MARKAZLARI GM Uzbekistan’ning MAXSUS YANGI YIL AKSIYASIGA o‘zlarining QO‘SHIMCHA CHEGIRMALARINI QO‘SHIB BERADI.

Aksiya davomida tanlagan avtomobil narxining 100% oldindan to‘lovini amalga oshirgani uchun 1,5% chegirma olgan har bir xaridor dilerdan ham qo‘shimcha ravishda 1,5% bayramona chegirmani qo‘lga kiritadi.

Shunday qilib chegirmaning jami miqdori 3% tashkil qiladi.

Aksiya bo‘yicha ajratilgan avtomobillar soni har bir model uchun 100 donadan. Aksiyadagi avtomobillarni yetkazib berish 2019-yilning aprelida amalga oshiriladi. Aksiyada Damas va Labo`dan tashqari barcha modellar ishtirok etadi.

Shuningdek, mijozlarga maksimal qulaylik yaratish maqsadida, dilerlik korxonalari dam olish kunlari ham ishlashini ma’lum qilamiz.

Respublikadagi dilerlik korxonalari hamda shartnomalar tuzish uchun mavjud avtomobillar ro‘yxati bilan GM Uzbekistan rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

Yoqimli xarid va BAYRAMONA kayfiyat tilaymiz!