Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

"Ayollari e'zozlangan yurt"

"Ayollari e'zozlangan yurt"
  • 09.03.2019

"Uz-DongJu Paint Co." qo'shma korxonasida "O'zbekiston yoshlar ittifoqi" boshlang'ich tashkiloti, korxona Kasaba uyushma qo'mitasi, korxona "Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi", O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi boshlang'ich tashkiloti hamkorligida 8-mart - "Halqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan "Ayollari e'zozlangan yurt" mavzusiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni "Uz-DongJu Paint Co." qo'shma korxonasi Ijrochi direktori G'.Uzoqov kirish so'zi bilan ochib, bayram tadbiriga yig'ilgan ishchi hodima ayollarni halqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirdi.

Bayram tadbiri davomida xotin-qizlar o'rtasida "XXI asr ayoli" ko'rik-tanlovi tashkil etildi. Ko'rik-tanlovda jami 7 nafar xotin-qizlar turli shartlar bo'yicha ishtirok etdilar. Tadbir so'nggida g'olib va sovrindorlarga kasaba uyushmasi qo'mitasining qimmatbaho sovg'alari topshirildi. Bayram tadbirida jami 200 nafar ishchi hodimlar ishtirok etdilar.