Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

«O'zavtosanoat» AJ, «General Motors» va «GM Korea Supplier Association» o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar

«O'zavtosanoat» AJ, «General Motors» va «GM Korea Supplier Association» o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar
  • 27.03.2019

“O‘zavtosanoat”AJ, “General Motors” va “GM Korea Supplier Association” (Janubiy Koreya) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi 27 mart kuni Seulda, O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi bosh vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi doirasida imzolandi.

Imzolash marosimi yakuniga ko‘ra, tomonlar “GM Uzbekistan”da ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan yangi avtomobillar uchun avtomobil butlovchi va ehtiyot qismlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish borasidagi hamkorlik asosida O‘zbekiston avtomobil tarmog‘i rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar. Bunda, kompaniyalar O‘zbekistondagi mahalliylashtirish loyihalariga koreyalik yetkazib beruvchilarni jalb qilish uchun maksimal sa’y-harakatlar qiladilar. Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari ushbu loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishi bo‘lishini qayd etdilar.

Bundan tashqari, yig‘ilish davomida tomonlar O‘zbekistonda joriy yil iyun oyida yetkazib beruvchilar simpoziumini tashkil etishga kelishib oldilar, unda koreyalik sheriklarga O‘zbekistonda biznesni yuritishning barcha imkoniyatlari namoyish etiladi.