Shu kunlarda aholiga juda ham arzonlashtirilgan narxlarda yangi avtomobil taklif qilib, aldov yo'li bilan fuqarolarning mablag'larini o'zlashtirayotgan "tadbirkorlar"ning firibgarlik faoliyati yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:
Ma'lum bo'lishicha, ayrim firmalar firibgarlik bilan juda arzonlashtirilgan narxlarda xaridorlarga yangi avtomobil taklif qilib, natijada na avtomobil va na pulni qaytarib bermagan. Bugun o'nlab insonlar ana shunday firibgarlarning qurboniga aylanishga ulgurgan.
"GM Uzbekistan" AJ yangi avtomobillar savdosi bilan faqatgina kompaniyaning rasmiy dilerlari shug'ullanishini ma'lum qilgan holda Sizlardan ogoh bo'lishingizni, firibgarlarning qurboniga aylanmasligingizni so'rab qoladi. Kompaniya rasmiy dilerlarining to'liq ro'yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: http://gmuzbekistan.uz/dillers/cat/1
Agar Siz bu kabi qonunga hilof holatlarning guvohi bo'lsangiz darhol kompaniyaning 78 141 77 77 "Ishonch telefonlariga" qo'ng'iroq qilishingizni so'raymiz.