Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 25 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

"GM UZBEKISTAN" 220 minginchi avtomobilni ishlab chiqardi

"GM UZBEKISTAN" 220 minginchi avtomobilni ishlab chiqardi
  • 31.12.2018

    2018 yilning 29 dekabr kuni “GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyatining Asakadagi zavodi 220 minginchi avtomobilni ishlab chiqardi. Bu avtomobil – “Chevrolet Nexia”. Shu bilan rahbariyat tomonidan yil oxirigacha ishlab chiqarish quvvatini 220 minggacha yetkazish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadiga erishildi.

Aytish joizki, kompaniya tarixida ilk bor 2018 yilning dekabr oyida rekord qayd etildi – 34117 dona avtomobil ishlab chiqarildi, bu kuniga mingdan ortiq avtomobil degani.

Kompaniya tomonidan o‘tib borayotgan yilda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning har bir modeli tannarxi o‘rtacha  10-16% pasaytirildi, import xarajatlari esa 73 million AQSh dollargacha qisqardi.

2018 yil kompaniya uchun juda sermahsul bo‘lib, ko‘plab ijobiy natijalarga erishildi. Kompaniya o‘tib borayotgan yilda xaridorlarga qulay xaridlar amalga oshirish imkonini beruvchi mutlaqo yangi innovatsion xizmatlarni joriy etdi. «O‘zimiz boramiz», «Ochiq osmon ostidagi savdo», «Uzavtosavdo» savdo platformasi kabi xizmatlar avtomobil xaridini qulay, shaffof, yoqimli amalga oshirish imkonini berdi. Shuningdek, Nurafshon shahrida O‘zbekistonda ilk multibrend avtosalon ochilib, u tomonidan xaridorlarga barcha zaruriy xizmatlarni amalga oshirish ta’minlandi.

Bundan tashqari, “GM Uzbekistan” Asaka avtomobil zavodiga ishlab chiqarish jarayonlariga sifatni integratsiya qilingaligini belgilab beruvchi BIQ-III (Built-In Quality) sertifikatini qo‘lga kiritganligi yaqqol misol bo‘la oladi. Bu so‘nggi 3 yil davomida avtozavodda amalga oshirilgan va sifat talablarini to‘la bajarilishini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar natijasi bo‘ldi.

O‘tgan vaqt mobaynida texnologik uskunalar to‘la modernizatsiya qilindi va ularning tarkibi yangilandi, GM kompaniyasining ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishga yo‘naltirilgan yangi tizim va instrumentlari joriy qilindi, korxona hodimlari GM kompaniyasining Janubiy Koreya, Xitoy, Tayland, Hindistonda joylashgan zavodlarida o‘qib qaytishdi.

Qayd etish joizki, yangi yilda Asaka avtomobil zavodi jamoasi 15 kunga ta’tilga ketadi.

Kompaniya bundan keyin xam xaridorlarga yangidan-yangi qulay xizmatlarni takdim etishda davom etadi.

Barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan yangi yil bilan muborakbod etamiz va yangi yilda ham biz bilan qolishingizdan umidvormiz!