10 aprelda Namangan viloyati Norin shahridagi “Norin Moto Bike” zavodi skuter, motosikl va tritsikillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.
Ishlab chiqarishni joriy etish to‘g‘risidagi kelishuv “O‘zavtosanoat” AJ va mahsulot ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlar yetkazib beruvchi sifatida ish ko‘ruvchi “Lifan Group Co.Ltd” kompaniyasi o‘rtasida imzolangandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 27 fevralda zavodda velosipedlar ishlab chiqarish boshlangandi. Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga kiritilgan.
Yangi zavod 150 nafar mahalliy aholini ish bilan ta’minlash imkonini beradi, kelgusida ular soni 500 nafarga yetishi kutilmoqda.
Shuningdek, yil oxiriga borib, “Norin Moto Bike” MChJ o‘z mahsulotlarini qo‘shni mamlakatlarga eksport qilishni rejalashtirgan.
Zavod mintaqalardagi tadbirkorlarni hamkorlikka chorlaydi va samarali hamkorlikka umid bog‘laydi.