Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 25 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

Nurafshon shahrida multibrend avtosalon ochilgandan buyon 3494 ta avtomobilga shartnoma tuzilgan va sotilgan

Nurafshon shahrida multibrend avtosalon ochilgandan buyon 3494 ta avtomobilga shartnoma tuzilgan va sotilgan
  • 22.02.2019

2018 yil 20 dekabrda Nurafshon shahrida O‘zbekistonda birinchi multibrend avtosalon ochildi. Avtosalon shourumida doimiy asosda mahalliy avtomobil sanoati korxonalari – «GM Uzbekistan», «SamAvto», «JV MAN Auto – Uzbekistan» va «UzAuto Trailer»ning Chevrolet, MAN, Isuzu va Kamaz brendlari taqdim etildi.

Ochilgandan to shu kunga qadar avtosalonda 3494 ta avtomobil va 6 ta yuk mashinasi bo‘yicha shartnoma tuzilgan va sotilgan. Sotuvlar yakunlariga ko‘ra, xaridorlar o‘rtasidagi eng talabgir rusumlar quyidagilardir: DAMAS, NEXIA (2- poz.), COBALT (2- poz.), LACETTI (3- poz.), SPARK (eksport komplektatsiyasi).

Bundan tashqari, xaridorlarga qulay bo‘lishi uchun, xarid qilingan avtomobillar uchun shu joyning o‘zida, navbat kutmay ro‘yxatga olish raqamlarini rasmiylashtirish (xizmatdan faqat Toshkent viloyati aholisi foydadanishi mumkin) va avtosug‘urtalash imkoni mavjud. Qo‘shimcha ravishda, avtosalonda bank filiali ishlaydi, bundan tashqari, har bir xaridor “Uyingizga boramiz” eltib qo‘yish xizmatidan foydalanishi mumkin.

Qayd etish kerakki, avtosalonning 2400 kv.m maydonni egallagan servis hududi eng zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan. Bu yerda UzAutoning barcha brendlariga hamma turdagi kafolatli va kafolatdan keyingi servis xizmatini ko‘rsatish uchun zarur barcha jihozlar o‘rnatilgan.

Yaqin kelajakda, xaridorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, avtosalonda yengil avtomobillarni lizing va kreditga olish mumkin bo‘ladi, shuningdek avtomobillar xaridorlariga qo‘shimcha chegirma dasturlari va sadoqatlilik dasturlari taqdim etiladi.

 

 

 

Biz bilan birga bo‘ling!