Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 20 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

«UzAuto Motors» AJ asl ehtiyot qismlarini endi bevosita ishlab chiqaruvchidan sotib olish mumkin

«UzAuto Motors» AJ asl ehtiyot qismlarini endi bevosita ishlab chiqaruvchidan sotib olish mumkin
  • 11.10.2019

UzAuto kompaniyasi sotuvlar tizimining shaffofligini ta’minlash va jamoatchilikni boxabar qilish borasida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Kompaniya faolligining muhim ko‘rsatkichlaridan biri asl zavod sifatidagi avtomobil ehtiyot qismlarining hammabopligi bo‘ldi.

Joriy yil iyun oyida UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan mamlakatning barcha mintaqalarida “UzAuto GM Genuine” ehtiyot qismlar firma do‘konlari tarmog‘i ochildi.

Amalga oshirilayotgan ishlarning keyingi bosqichi UzAuto Market innovatsion kompleksining ochilishi bo‘ldi, u xaridorlarga ham yengil avtomobillarga, ham og‘ir yuk texnikasi uchun butlovchi ehtiyot qismlarni sotib olish yoki almashtirish imkonini berdi. Bugundan boshlab UzAuto Motors kompaniyasi barcha savdo vakillari uchun asl ehtiyot qismlarni yetkazib berishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish eshiklarini ochadi. Barcha savollar bilan va kontrakt uchun quyidagi kontaktlar orqali mintaqaviy savdo agentlariga murojaat qiling:

  1. +(998) 99 721 58 80 - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati, Xorazm viloyati, Navoiy viloyati, Buxoro viloyati, Surxondaryo viloyati, Samarqand viloyati, Jizzax viloyati;
  2. +(998) 99 721 28 80 – Toshkent viloyati, Toshkent sh.;
  3. +(998) 99 721 68 80 – Andijon viloyati, Farg‘ona viloyati, Namangan viloyati.

O‘z arizalaringiz va savollaringizni Telegram orqali yuqoridagi raqamlarga yoki spare.parts@uzautomotors.com elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin

Agar korrupsiya hodisalari va noqonuniy xatti-harakatlarga guvoh bo‘lsangiz, Sizdan darhol “O‘zavtosanoat” AJ komplaens xizmatiga murojaat qilishingizni so‘raymiz: + (998)78140 76 70.

Yoqimli xaridlar tilaymiz va samarali hamkorlikka umid bog‘laymiz!