23 may kuni GM Uzbekistan kompaniyasi Ukrainaga avtomobillar eksportini qayta yo‘lga qo‘ydi. Ukrainaga R4 va R2 modelidagi avtomobillar eksport qilinadi.
Avval xabar berilganidek, kompaniya bugungi kunga qadar Qirg‘iziston Respublikasi, Belarus, Afg‘oniston va Tojikistonga avtomobillar eksportini amalga oshirdi. Shuningdek Qozog‘istonning Kostanay shahrida ham kompaniya avtomobillari yig‘ilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kompaniya 2019 yilni faoliyatida eksport salohiyatini oshirish yili deb e’lon qilgan, shu munosabat bilan bugungi kunda kompaniyada ushbu sohadagi faoliyatni jadallashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Yangiliklarimizni kuzatib boring!