Logo - lok-bo'yoq mahsulotlari bozorida 25 yildan ortiq tajriba Batafsil

Brand

"GM Uzbekistan" avtomobillariga kafolatli xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytiradi

"GM Uzbekistan" avtomobillariga kafolatli xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytiradi
  • 31.01.2019

Hurmatli xaridorlar, GM Uzbekistan AJ xaridorlarga taqdim etilayotgan mahsulotlar sifatini yanada yaxshilash, xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishni 2019 yildagi ustuvor vazifalaridan biri deb belgilab olgan.

Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning texnik holatini a’lo darajada saqlab turish uchun hamda mijozlarning ishonchini oshirish maqsadida 2019 yilning 1 fevralidan e’tiboran kompaniya yangi avtomobillarga kafolatli xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytiradi. Endi ushbu muddat 3 yil yoki 100 000 kilometr masofani o‘z ichiga oladi. Avval — 1 yil yoki 20 000 kilometr masofani tashkil qilgan.

Qayd etish lozimki, uzaytirilgan kafolat muddati kompaniyaning rasmiy dilerlaridan 2019 yilning 1 fevralidan boshlab xarid qilinadigan avtomobillarga tadbiq etiladi. Kafolat muddati avtomobilning egasi bilan bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni ushbu davr mobaynida avtomobil egasi o‘zgarsa, uning yangi egasi ham ushbu kafolat huquqidan foydalana oladi.

Avtomobildan noto‘g‘ri foydalanish, avariya, avtomobilning konstruksiyasi va modifikatsiyasiga o‘zgartirish kiritish yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilmaydigan qo‘shimcha ishlov berilishi yoki jihozlanishi tufayli nosozliklar yuzaga kelgan taqdirda kafolat davri cheklanadi.

Kafolat muddati davomida avtomobilning ishlab chiqaruvchi tomonidan aniqlangan nuqsoni bor qismlarini ta’mirlab berish yoki almashtirish rasmiy xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan bepul amalga oshiriladi. Buning uchun esa avtomobil egasidan avtomobilning ekspluatatsiyasi bo‘yicha barcha shartlar yo‘riqnomaga asosan bajarilgan bo‘lishi talab etiladi.