Подпишитесь на новости!


Новости

"O`zavtosanoat" AK binosida navbatdagi "Kollegial seminar" o`tkazildi

2017 yilning 18 iyul kuni «O`zavtosanoat» AK binosida «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda xo`jalik boshqaruvi organlarining AKT bo`yicha ixtisoslashgan tarkibiy bo`linmalari rahbarlari uchun mo`ljallangan navbatdagi «Haftalik kollegial seminar» o`tkazildi. Seminarda turli vazirlik va tashkilotlarning AKTga ma`sul bo`linma va xodimlari ishtirok etishdi.

 

 

 

 

Seminar davomida Kompaniyaning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo`limi mutaxassislari tomonidan «O`zavtosanoat» AKda AKTni joriy etish va rivojlantirish borasida olib borilgan amaliy faoliyatlar, shuningdek kelgusidagi istiqbolli rejalar yuzasidan ma`ruzalar tinglandi.

Seminar kun tartibdagi masalalar yuzasidan ishtirokchilar o`zlari qiziqtirgan turli savollarga javob olishdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Toshkent Politexnika muzeyiga tashrif buyurdilar.

Manba: www.uzavtosanoat.uz

Обратная связь