Подпишитесь на новости!


Новости

“O‘ZAVTOSANOAT” AK TIZIMIDA AVTOMOBILLAR UCHUN ALYUMIN QISMLAR ISHLAB CHIQARISHGA IXTISOSLASHGAN YANGI QO‘SHMA KORXONA PAYDO BO‘LDI.

“O‘zavtosanoat” AK tizimidagi qo‘shma korxonalar soni yana bittaga ko‘payadigan bo‘ldi.  O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 iyuldagi  qaroriga ko‘ra mamlakat avtomobil sanoatini kelgusida yanada rivojlantirish, dvigatellar ishlab chiqarishda mahalliylashtirish darajasini yanada ko‘tarish maqsadida  «General Motors Powertrain-Uzbekistan» AJning dvigatellari uchun alyuminiy qismlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «UZAUTO-INZI»  qo‘shma korxonasi tashkil etildi.

Hujjatga ko‘ra,  “O‘zavtosanoat” AK va «INZI AMT Co., Ltd.» (Koreya Respublikasi) kompaniyalari o‘rtasida bosim ostida alyumin detallarni yuqori aniqlikda quyish usulida ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish  haqidagi kelishuvga erishildi. Ushbu maqsadda  nizom jamg‘armasi 10mln. AQSH dollari ekvivalentiga teng bo‘lgan MCHJ ko‘rinishidagi  «UZAUTO-INZI»  qo‘shma korxonasi tashkil etildi.  Qo‘shma korxona 2017 yilning 1 yanvaridan mahsulot ishlab chiqarishni boshlaydi.

Shu munosabat bilan «UZAUTO-INZI» MCHJ qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish maydoni uchun   6,9 gektardan iborat  yer maydoni taqdim etildi. Shundan 5,3 gektari   «General Motors Powertrain-Uzbekistan»  AJning qurilishdan holi  hududiga to‘g‘ri keladi.

Tashkil etiladigan ishlab chiqarish hududida  avtomobillar, dvigatelllar va generatorlar uchun jami 43 turdagi  butlovchi qismlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.  Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 2,4 tonna alyuminiy quymasini qayta ishlashga teng.

Обратная связь