Подпишитесь на новости!


On-line Bo`yash

Maxsulot

Yangiliklar

  • 2017-09-25
    ...
    ...
  • 2017-07-26
    ...
    ...
  • 2017-07-19
    ...
    ...

Boshqaruv tizimi siyosati

«UZ-DONGJU PAINT CO» MCHJ QO'SHMA KORXONASINING SIFAT MENEDJMENTI,
EKOLOGIYA, SOG'LIK MUHOFAZASI VA MEHNAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH BOSHQARUVI SIYOSATI

O'zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotining o'sish sharoitida korxona tomonidan integratsiyalangan menedjment tizimi orqali barqaror faoliyat ko'rsatish choralari yo'lga qo'yilgan.

“Uz-DongJu Paint Co” O'zbekiston Respublikasida yuqori sifatli lok-bo'yoq, yordamchi materiallar va ustki qoplam tayyorlash vositasi mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bo'yicha yetakchi korxonalari qatoridan o'rin egalladi.

Manfaatdor tomonlar oldida (Iste`molchilar, Ta`sischilar, Hodimlar, Sheriklar, Jamiyat) o'z mas'uliyatini anglagan holda korxonani rivojlantirishni quyidagi prinsiplarga asosan maqsad qilgan:

Talab va manfaatdor tomonlar taxminlari balansini ushlab turish, ularga kerakli hulosalarni joriy etib:

  • Iste`molchilarga - sifatli mahsulot va xizmat;
  • Hodimlarga - xavfsiz va qulay mehnat sharoitlari, sog'likka zarar xavfini kamaytirish, do'stona ijtimoiy muhit va mehnati uchun munosib haq to'lash;
  • Sheriklar  - uzoq muddatlik o'z-aro manfaatli munosabatlar;
  • Ta'sischilarga - kiritlgan sarmoyani adolatli qaytishi;
  • Jamiyatga - ijtimoiy javobgarlik bilan biznes yuritilishi, dolzarb ijtimoiy muammolarni hal qilish va hayot sifatini rivojlantirish.

Kelajak avlod oldidagi ijtimoiy javobgarlikni tushunish va qabul qilib atrof muhitning salbiy ta'sirini oldini olish, mahsulotni havfli omillaridan iste`molchini xabardor qilish, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarish va ekologik xavflarni kamaytirish, ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi maxsulotlar ishlab chiqish va ishlab chiqarish.

Axborot oshkoralik siyosatiga amal qilish, manfaatdor tomonlarga korxona faoliyati to'g'risidagi natijalarni o'z vaqtida xabar berish, shu jumladan sifat, ekologiya, sog'likni saqlash va mehnat xavfsizligini rivojlantirish.

Sifat, ekologiya, sog'lik saqlashni va mehnat xavfsizligini korxonada qabul qilingan amaldagi qonunchilik talablariga va boshqa talablarga rioya qilish.

Ташкилий махоратларни ривожлантириб рақобатбардош бизнесни шакиллантириш ва бошқариш, ходимлар профессионал даражасини тизимли ошириш ва иш жараёнларини такомиллаштириш, шу жумладан сифат, экология, соғлик сақлашни ва мехнат хавфсизлигини.

Tashkiliy mahoratlarni rivojlantirib raqobatbardosh biznesni shakllantirish va boshqarish, hodimlar professional darajasini tizimli oshirish va ish jarayonlarini takomillashtirish, shu jumladan sifat, ekologiya, sog'likni saqlash va mehnat xavfsizligini rivojlantirish.

Korporativ madaniyatni rivojlantirish, hususiy va jamoa ijodkorligi va hodimlar bilan raxbarlar o'rtasida bo'lgan ishonch va hurmatni oshirish. Sifat, ekologiya, sog'likni saqlashni va mehnat xavfsizligini oshirishda har bir hodimning ijodiy yondashuvi.

ISO9001:2008, ISO/TS 16949:2009, ISO 14001:2004 va OHSAS 18001:2007 talablariga mos kelgan holda integratsiyalangan menedjment tizimini olib borish.

Korxona hodimlari va bo'limlariga sifat, ekologiya, sog'likni saqlash va mehnat xavfsizligi masalalarini hal qilishda kerakli resurslar bilan ta'minlash maqsadini o'z oldiga qo'ygan.

Hodimlarni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish tizimini takomillashtirish. Barcha harakatlarni “Uz-DongJu Paint Co” hodimlari hayot tarzini yaxshilashga qaratish.

Doim ish usullarini takomillashtirish mijozlar va hamkorlar bilan munosabatlarni rivojlantirish, o'z vaqtida iste'molchilarga hal qilingan muammolar to'g'risida xabar berish, yetkazib beruvchining sifat menedjment tizimini rivojlanishiga alohida e`tibor berish.

Barcha hodimlar qo'yilgan maqsadlar bajarilishida mas`ul.

Korxona rahbariyati hodimlarni tushunishg, o'qitishga qo'yilgan maqsadlarini bajarishga, qulay sharoitlarni yaratishda, shuningdek korxona hodimlarini moddiy va ma`naviy rag'batlantirishda kerakli barcha resurslarni o'z zimmasiga oladi.  “Uz-DongJu Paint Co” rahbariyati siyosatini har bir hodimga yetib borishini va amal qilinishini ta`minlaydi.

Обратная связь