Подпишитесь на новости!



Запущена новая версия сайта!

Переход на новую версию сайта

Новости

"UzDongJu" - "G'ijduvon" uchrashuvidan FOTOMAQOLA

Kecha birinchi liganing ikkinchi bosqichi doirasidagi "UzDongJu" - "G'ijduvon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mazkur o'yinda ko'pchilik maydon egalarining yirik hisobda g'alaba qozonishini tahmin qilgandi. Ammo g'ijduvonliklar ham osonlikcha taslim bo'lmaslikka xarakat qildi.

SHoxruh Ergashev mehmonlar o'yinchisi SHavkat Rahmatovdan qochib ketishga urinmoqda.

Tajribali hujumchi Isroil Tursunov shu kuni "UzDongJu"ni maydonga sardor sifatida boshlab tushdi.

SHoxruh Ergashev odatdagidek himoyadagi ishini bajarishdan tashqari hujumga ham tez-tez o'tib turishi bilan ajralib turadi.

Maydon egalari golni nishonlashmoqda.

G'ijduvonliklarning xursandchiligi. Ular ham golni nishonlayotgan vaziyat.

#19 Fehruzbek Salohiddinov uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochishga erishdi.

"G'ijduvon" futbolchilari ham shu kuni jiddiy qarshilik ko'rsatishga urindi. Buni har xolda ular uddaladi.

G'ijduvonliklar bu yil asosiy etiborini ligada qolishga qaratgan. Lekin bu juda murakkab ishdir.

#22 Akbar Xodjaev raqibi Mansur Otaqulovni ortda qoldirmoqda.

#3 Sardor Asqarov ham qanot himoyachisi bo'lgani uchun tez-tez hujumga qo'shilib turadi.

"UzdongJu" bosh murabbiyi Abdurashid Ismoilov

G'ijduvonliklar himoyada bexato o'ynashga intildi. Birinchi taymda ular buni xar xolda yaxshi uddaladi.

"UzDongJu" hujumchisi Akmal Jo'raboev zaxiradan maydonga tushib, jamoasining so'nggi goliga mualliflik qildi.

"UzDongJu"ning ashaddiy ishqibozi tomonidan uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deya Akmal Jo'raboev topildi.

Mehmonlar safida esa 9-raqamdagi Aziz Abdullaev eng yaxshi o'yinchilardan biri bo'ldi.

Mehmonlar safardan bir ochko bilan qaytish ilinjida astoydil xarakat qildi. Ammo bu safar ham Andijonliklarning qo'li baland keldi.

 

Manba : championat.asia

Обратная связь